Pike nima sababdan Gvardiola 12 ming evro jarimaga tortganini aytdi

Mirjalol Normatov
2 apr 2023
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Jerar Pike o'z sog'lig'iga katta e'tibor bermasligini aytdi.

"Yangi yil arafasida odatda Puchserdda bo'lardim. Garchi sovuq bo'lsa-da, engsiz kurtka kiyib yurardim. Shu sababli doimo 2 yanvar kuni tomog'imda tonzillit kasalligi qo'zg'ardi. O'shanda Gvardiola kasalligim sababli meni Tenerifega olib ketmagandi.

Etmaganiga 12 ming evro jarimaga tortilib, butun jamoaga kechki ovqat tashkillashtirgandim", - dedi Pike.

Pike "Barselona" tarkibida 616 o'yinda maydonga tushib, 53 gol va 15 assist qayd etgan. U o'tgan yilning oxirida faoliyatini yakunlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana