Pike jarohati sabab bir oy maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018, 00:32
“Barselona” himoyachisi Jerar Pikening jarohati sabab qancha muddatga safdan chiqqanligi ma'lum bo'ldi.

Ispaniyaning As nashri tarqatgan xabarga tayanadigan bo'lsak, Pike “Espanol”ga qarshi o'yinda tizzasidan olgan jarohati sabab bir oy davomida maydonga tusha olmaydi. 

Avvalroq, 31 yoshli futbolchining ikki haftaga safdan chiqqanligini aytilayotgandi. Agar klub rahbariyati so'nggi ma'lumotni tasdiqlasa, Pike Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi “Valensiya”, YCHL 1/8 finalidagi “Chelsi”ga qarshi kechadigan o'yinlarda “Barsa”ga yordam bera olmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif