

Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 35 yoshli ispaniyalik o'ziga tegishli bo'lgan "Andorra" klubida o'ynashni istamoqda. Uni to'xtata oladigan yagona narsa – bu jamoa o'ynaydigan Ispaniya chempionati ikkinchi divizionining moliyaviy qoidalari bilan bog'liq muammolar.
Pike 2022 yil oxirida faoliyatini yakunladi. U sakkiz karra Ispaniya chempioni, shuningdek, jahon va Yevropa chempioni hisoblanadi. U 2018 yilning dekabrida "Andorra"ning egasiga aylangan.
"Andorra" Ispaniya chempionati ikkinchi divizioni turnir jadvalida 21 uchrashuvdan keyin 29 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.



