Pike "Barsa"ga moliyaviy ko'mak berishga tayyor

7 noya 2020, 22:59
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike klubning uy stadioni hisoblangan "Kamp Nou"ning rekonstrukciyasini moliyalashtirishga yordam qo'lini cho'zmoqchi. Bu haqda Madridning "Marca" nashri xabar tarqatdi.

"Kamp Nou" 1957 yilda qurilgan bo'lib, Yevropadagi eng katta o'yingoh hisoblanadi. U 99 354 tomoshabinga mo'ljallangan. Ayni paytda stadionning rekonstrukciyasi uchun 725 million evro sarflanishi kutilmoqda. Takidlanishicha, Pike loyihani moliyalashtirishga ko'mak bermoqchi, shuningdek, klub va investorlar o'rtasidagi vositachi sifatida ishlashga tayyorligini bildirgan.

Pike istagan paytida "Barselona"dan ketishi mumkin 

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca