PFL: Qo'ziboev, Hasanov va Mullajonov 2tadan o'yinga chetlatildi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2017, 13:02
Tartib intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.


OLIY LIGA

MashalhujumchisiZohir Qo'ziboev,3-turda Sho'rtanga qarshi o'yinda agressiv harakatlari uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Buxoro yarim himoyachisi Robbimjon Hasanov, 3-turda Obodga qarshi o'yinda agressiv harakatlari uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Olmaiq himoyachisi Shavkat Mullajonov, 3-turda So'g'diyonaga qarshi o'yinda agressiv harakatlari uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

YOSHLAR LIGASI


Qizilqum vakili Bekzod Mirzamuratov, 1-turda Paxtakorgaagressiv harakatlari uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Navbahor hujumchisi Ilhom Aliboev, 1-turda Obodga qarshi o'yinda hakamni haqorat qilgani uchun agressiv harakatlari uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Nasaf himoyachisi Jasur Jumaev, 2-turda Buxoroga qarshi o'yinda jiddiy qo'pollik ishlatgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Bunyodkor murabbiyi Hikmat Ergashev, 2-turda Olmaliqqa qarshi o'yinda qanot hakami va zaxira hakamini haqorat qilgani uchun, jarimaga tortildi va ogohlantirildi, agar bu holat yana takrorlansa yanada jiddiy chora ko'riladi.

Metallurg himoyachisi Vusol Mageramov, 2-turda Mashalga qarshi o'yinda agressiv harakatlari uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

O'ZBEKISTON KUBOGI

Yozyovon-Lochinlari vakili Mamur Qosimov, 1/16 finalda Obodga jiddiy qo'pollik ishlatgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Neftchi yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov, 1/16 finalda Andijonga qarshi o'yinda muxlislarga qarata haqoratli harakat qilgani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz