Peti: "O'zilda ruxiy muammolar bor"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019
"Arsenal" sobiq futbolchisi Emmanuel Peti "to'pchilar" yarim himoyachisi Mesut O'zilning muammolari haqida fikr bildirdi.

"O'zil so'nggi bor maydonda ajoyib o'yin ko'rsatganini eslay olmayman. Unda katta ruxiy muammolar bor. Mesut ikki yildan beri hayolan "Arsenal"da emas. U yangi shartnoma imzolaganida o'zi istaganiga erishdi. O'zil bu pullarni oqlamayapti" - deydi Peti.

Oldinroq, O'zil qishki tranfer oynasida "Arsenal"ni tark etishi mumkinligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail