Peskov: "Putin Mamaev va Kokorinning "qiliqlari" haqida biladi"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2016
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaevning o'zini tutishi Kremlda juda salbiy qabul qilinganini ta'kidladi.

"Bo'lib o'tgan voqea haqida hamma eshitdi, prezident Putin ham. Ammo avvaliga aniqlashtirib olish kerak - bu ahmoqgarchilik futbolchilarimiz tomonidan to'landimi yoki boshqalarmi. Bu erda tosh otish juda oson. Agar kecha uchun futbolchilar pul to'lagan bo'lsa yaratgan ularga hakam bo'lsin. Rossiyalik futbolchilarning maoshini cheklashga keladigan bo'lsak, bu savol Kremlda muhokama qilinmasligi zarur" - deydi Peskov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС