Peshqadamlar "Arsenal" - "Manchester Yunayted" ayollar jamoalari uchrashuvi tomoshabop o'tdi

Mirjalol Normatov
20 noya 2022, 11:47
Kecha "Emireyts"da "Arsenal" ayollar jamoasi "Manchester Yunayted"ni qabul qildi.

40064 muxlis kuzatib borgan uchrashuvda mezbonlar 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Shunday qilib, "Arsenal"ning 14 o'yinlik g'alabali seriyasi yakuniga etdi.

Shunday bo'lsa-da, 18 ochkosi bor London klubi peshqadamlikni saqlab qoldi. Shuncha ochkosi bor "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ayollar jamoasi mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni bo'lishib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports