Peru terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar JCH-2018ga bormaydi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2017, 17:43
"Flamengo" va Peru terma jamoasi hujumchisi Xose Paolo Gerrero 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

33 yoshli futbolchi 30 kunlik diskvalifikaciya tufayli o'z terma jamoasiga pley-off bahslarida yordam bera olmagan edi. Futbolchi qonida doping topilgani uchun u FIFA tomonidan shartli muddatga chetlatilgan edi, 8 dekabr kuni esa tashkilot uni bir yilga futboldan diskvalifikaciya qildi.

FIFA bayonotiga ko'ra, Gerreroning 1 yillik diskvalifikaciyasi 2017 yilning 3 noyabridan kuchga kirgan deb hisoblanadi. Shunday qilib, u milliy chempionat o'yinlarida, xalqaro bahslarda va o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi.

Xose Paolo Gerrero Peru terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U milliy jamoa safida 32ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com