"Persepolis" hujumchisi faoliyatini Gretsiya klubida davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2016, 18:45
"Persepolis" hujumchisi Mehdi Taremi nomi oshkor qilinmayotgan Gretsiya klubi bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

"Biz Gretsiya klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladik. Taremi ishlashga ruhsat olganidan so'ng, Gretsiyaga uchib ketadi" - deydi futbolchining agenti.

Hozircha nomi oshkor qilinmayotgan klub PAOK yoki "Olimpiakos" bo'lishi kutilmoqda. Bu ikki jamoa ham kelasi mavsum Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etadi.

Taremi Eron chempionatining so'nggi mavsumida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Persepolis" 24 yoshli futbolchini o'z safida saqlab qolmoqchi edi, ammo hujumchi faoliyatini Yevropada davom ettirishni istadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Persian Football