Perishich "Inter"da qolishni xohlasa, maoshining pasayishiga rozi bo'lishi kerak

Alisher
14 okt 2021
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich kelasi yozda Milan klubidan kyetishi mumkin.

Milan klubi rahbariyati agar u jamoada qolishni xohlasa, maoshining kamayishiga rozi bo'lishi kerakligini talab qilmoqda.

32 yoshli vinger hozirda bir mavsumda 5 mln evro ishlamoqda. "Inter" esa bu raqamni 3 millionga qadar tushirmoqchi.

Xavbekning shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va tomonlar hali uni uzaytirishni rejalashtirishmayapti.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport