Perishich “Bavariya”da qoladi

28 apr 2020, 09:25
Ivan Myunxen klubining to'laqonli a'zosiga aylanadi.

“Bavariya” ijara asosida harakat qilayotgan Ivan Perishich Myunxenda qolishi kutilmoqda. Uning ijara shartnomasi mavsum so'ngida yakuniga etadi. Ma'lum bo'lishicha, “Inter” myunxenliklar bilan Perishich transferi yuzasidan kelishuvga erishishga yaqin. Transfer summasi oshkor etilmagan.

Perishich Bundesliga joriy mavsumida 15 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. YCHLda esa 6 ta o'yinda 1 ta gol urib, 3 ta golga hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportske