Peres "Real"ning yozgi transfer kampaniyasi yakunlanganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2021, 20:28
Madridning "Real" klubi ushbu yozda boshqa futbolchi xarid qilmaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres direktorlar kengashi majlisida jamoa uchun transfer mavsumi tugaganini aytib o'tgan.

Shunday qilib, "qaymoqranglilar"ning yagona yangi o'yinchisi David Alaba bo'ladi. Avstriyalik universal futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo'shildi.

Alohida aytish lozim, "Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun asosiy da'vogar bo'lib turgandi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Radio Marca