Peres: "Kasilyasni "Real"dan ketishga majbur qilmaganman"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2015, 10:45
"Real" prezidenti Florentino Peresning so'zlariga ko'ra, u darvozabon Iker Kasilyasni klubni tark etishga majbur qilmagan.

"Kasilyasni "Real"dan ketishga majbur qilmaganman. Agar bunda mening qo'lim bo'lganida, u "Real"dagi faoliyatini yakunlagan bo'lar edi. Iker mendan boshqa klubga o'tish uchun yordma berishni so'radi. Ikki oy davomida u katta bosim ostida bo'ldi. Biz uning ikki yillik maoshini to'lamadik. Qanday qilib bu futbolchiga xushtak chalish mumkin. Doimo Kasilyasni himoya qilganman, sobiq bosh murabbiyimiz Joze Mourinyo esa, Ronaldu va Kasilyas bilan bir xil munosabatda edi. Iker Anchelotti qo'l ostida zaxirada qolib ketdi. Bu menga ta’sir qildi, ammo aralasha olmas edim" - deydi Peres.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com