Peres: "Figu - yaramas, Guti - echki"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021, 19:02
Ispaniya matbuoti "Real" prezidenti Florentino Peresning jamoaning sobiq futbolchilari haqidagi mojaroli bayonotlarini nashr etishda davom etmoqda. Bu safargi "shirin so'zlar" Guti va Luis Figuga atalgan.

"Luish Figu kiyinish xonasidagi muhitni buzadi. Uning xatti-harakatlari yoqimsiz. Bu jihatdan u Raulga o'xshaydi. Bu ikkisi klubdagi eng yomoni", - deydi Peres.

"Guti - eshak, u echkiga o'xshaydi. U o'zining eng katta dushmani. Guti - ahmoq", - dedi "qaymoqranglilar" prezidenti.

Avvalroq, Peres o'zining balandparvoz bayonotlarini nashr etayotgan gazetani sudga bermoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial