

"Anchelottini haydaganimiz sababi - jamoaga yangi impuls kerak edi. Birinchi navbatda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha. Bizda bor ma'lumotlarga ko'ra, bu borada Benites kuchliroq edi. Shu sababli unga ishonch bildirdik. U jamoaga ko'nika olmadi, biroq Rafael Benites futbolchilar bilan yomon munosabat tufayli jamoani tark etgani yo'q. Bizda kerakli natija bo'lmadi va men uni iste'foga chiqarish qarorini qabul qildim. Buni qiyinchilik bilan bajardim, chunki u "Real" odami" - deydi Peres.


