Per Mertesaker: "O'ylashimcha, "Arsenal"dagilar o'yinimdan mamnunlar"

Tolibjon Qosimov
29 noya 2013
"Arsenal" himoyachisi Per Mertesaker yaqin orada klub bilan shartnomasini uzaytirishini ma'lum qildi.
"Men "Arsenal"da baxtliman. Jarohatim bois, o'zimni ko'rsata olmagandim, ammo futbolchi va murabbiylar menga yordam berishdi.

Hozir biz shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqdamiz. Rahbariyat mening o'yinlarimdan xursandligidan mamnunman.

O'tgan yil Arsen Venger menga ishonch bag'ishlagandi", – deydi Mertezaker London Evening Standart nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru