Per-Emerik Obameyang: "Arsenal" o'yini O'zilga judayam bog'lanib qolgan"

Tolibjon Qosimov
21 okt 2013, 15:41
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Chempionlar Ligasidagi navbatdagi raqib "Arsenal" haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zil hozir ajoyib formada. "Arsenal"ning o'yini unga judayam bog'lanib qolgan. Umuman olganda, ular kuchli jamoa. Misol uchun, Jiru - juda yaxshi futbolchi. Men uni Fransiya chempionatidan  yaxshi bilaman. Juda xavfli hujumchi".

"Arsenal" bilan o'yin oson bo'lmaydi. "Gannover"ga qarshi ko'rsatgan o'yinimizdan kuchliroq o'ynashimiz talab etiladi. Londondagi o'yingacha biz tiklanishga va jismonan yaxshi holatga kelishga ulguramiz. Undan tashqari, bu Chempionlar Ligasidagi muhim o'yinlardan biri va bu bizga qo'shimcha motivaciya beradi", dedi Obameyang.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru