Superliga. “Oltin ochko” qoidasi ishga tushganida jadval qanday ko'rinishda?

23 may 2018, 09:33
Superliganing 12-tur bellashuvlari yakuniga etdi. Bu tur Qarshining “Nasaf” klubini oltilikka qaytargani bilan yodda qoldi.

“Oltin ochko” qoidasi bo'yicha jamoalarni ikki qismga ajratsak, chempionlik poygasida hozircha “Navbahor” peshqadam ekanini ko'rishimiz mumkin. Ilhom Mo'minjonov jamoasi hozircha markaziy o'yinlarda nisbatan yaxshiroq taassurot qoldirgan.

Mirjalol Qosimov ustozlik qilayotgan “Bunyodkor” o'z stabilligini saqlab turibdi. “Paxtakor”, “Nasaf” hamda “Lokomotiv”da esa ochkolar hozircha teng. Mazkur uch jamoaning o'zaro o'yinlarida “Paxtakor” 4 ochko olgan, Qarshi klubi 3, “temiryo'lchilar” esa 1. “Buxoro” garchi oltilikda borayotgan bo'lsa-da, Ulug'bek Baqoev jamoasi yetakchilardan faqatgina “Paxtakor”ni taslim qila olgan xolos.                        

Jadvalning quyi qismida esa “Metallurg” va “Qizilqum”ning ishlari joyida. Eng katta sensaciya “Neftchi”ning holati “So'g'diyona”nikidan yaxshiroq bo'lib qolgani. Ammo unutmaslik kerak, ayni paytda Farg'ona klubi Lushchan jamoasidan umumiy hisobda 4 ochko kamroq jamlagan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia