Pepe Reyna: “Milan”ga qarshi o'yinda qaytarilgan penalti – faoliyatimdagi eng muhim ish bo'ldi”

Tolibjon Qosimov
23 sen 2013, 10:52
“Napoli” klubi darvozaboni Pepe Reyna, Italiya chempionati doirasida “Milan”ga qarshi o'yinda Balotelli tomonidan ijro etilgan penaltini qaytarganini, faoliyatidagi eng muhim ko'rsatgich ekanligini qayd etib o'tdi.

Chunki neapolitanliklar “rossoneri”lar maydonida 1986 yildan buyon g'alabaga erisha olishmayotgan edilar.

- Muxlislarning ortimizdan Milanga kelishlari, bizni juda ruhlantirdi. Bu g'alabani ularga bag'shlayman. Balotelli tomonidan ijro etilgan penaltini qaytarganim, faoliyatimdagi eng muhim ish bo'ldi. Jamoani ushbu g'alaba bilan tabriklayman. “Napoli” qo'p yillardan buyon “Milan” maydonida g'alaba erisha olmayotgan edi, shuning uchun bu uch ochko biz uchun juda qadrli bo'ldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru