Pepe "Real"ga o'tganini esladi

Alisher
10 mar 2021
"Portu" himoyachisi Pep Madridning "Real" o'yinchisiga aylanganini esladi.

"Yosh o'yinchi uchun bunday kuchli ligaga o'tish va Kannavaro va Ramos bilan bir jamoada o'ynash imkoniyati - bu jiddiy sinov. Ammo men "Portu" tarkibida yig'ilgan tajriba evaziga bunga tayyorligimni his qilardim. Himoyachi bo'lish - mening ishtiyoqim", - deydi Pepe.

38 yoshli futbolchi joriy mavsum "Portu" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, "Portu" kecha CHL 1/8 finalida "Yuventus" to'sig'idan o'tib, keyingi bosqichga yo'l oldi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com