Pepe: "Krishtianu Ronaldu – bu Portugaliya bayrog'i"

Sherzod Nurmatov
12 dek 2022, 13:41
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe terma jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

37 yoshli Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichidagi 8 ta o'yinda gol urmagan. Shanba kuni Portugaliya terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati chorak finalida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Krishtianu – bizning Portugaliya bayrog'imiz. Ronaldu futbol rivoji uchun katta hissa qo'shdi, shuning uchun biz undan minnatdor bo'lishimiz kerak", – dedi Pepe. 

Ronaldu uchun ushbu mundial faoliyatidagi beshinchi JCHga aylandi. U har bir Jahon chempionatida gol urgan va turnirdagi 22 ta o'yinda 8 ta gol urgan, biroq ularning barchasi guruh bosqichi uchrashuvlarida sodir bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo