Pep Gvardiola: "Transferlarga pul talab qilishda Artetaning o'ziga hos iqtidori bor"

Mirjalol Normatov
8 okt 2023, 13:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'zining sobiq yordamchisi ayni damda "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida gapirdi.

"Nafaqat men Artetaga ustoz bo'lganman, balki u ham menga ko'p narsalarni o'rgatgan.

Mikel rahbariyatdan juda ko'p narsalarni talab qiladi, shuningdek, transfer uchun pullarni ham. Unda yaxshi iqtidor bor. Arteta bu borada rahbariyatga bosim uyushtira oladi", - dedi Gvardiola.

Jamoalarning o'yini bugun soat 20:30da start oladi. Arteta 2019 yilda "Arsenal" boshqaruvini qo'liga olishidan oldin "Manchester Siti"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia