Pep Gvardiola: "Hech narsa abadiy emas"

22 may 2026, 15:29
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola muxlislarga minnatdorlik bildirdi.

"Manchesterga kelganimda, ilk intervyumni Noel Gallaxer bilan o'tkazgandim. O'shanda ichimda: "Ha-ya, bu yerda zerikmaymiz, shekilli“, deb o'ylagandim. Va bu yillarni biz haqiqatan ham ajoyib o'tkazdik…

Ketishim sababi haqida so'ramang, chunki buning hech qanday sababi yo'q. Qalban vaqt-soati kelganini his qilyapman. Hech narsa abadiy emas, aks holda men qolgan bo'lardim. Abadiy bo'lib qoladigan yagona narsa - bu xotiralar, odamlar va mening "Manchester Siti"ga bo'lgan muhabbatim.

Bu shahar mehnat bilan qurilgan. Og'ir mehnat bilan. Buni g'ishtlarning rangida ham ko'rish mumkin. Kasaba uyushmalari. Musiqa. Sanoat inqilobining o'zi va uning dunyoni qanday o'zgartirgani.

Biz mehnat qildik. Qiynaldik. Kurashdik. Hammasini o'z yo'limiz bilan amalga oshirdik. O'zimizga xos tarzda.

Og'ir mehnat turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Premmer-ligada mag'lubiyatga uchraganimizdan keyin Bornmutga safarlar - siz o'sha yerda edingiz. Istanbulga safarlar - siz u yerda ham bor edingiz.

“Manchester Arena”dagi teraktni eslaysizmi? O'shanda bu shahar butun dunyoga haqiqiy kuch nimaligini ko'rsatgandi. G'azab emas. Qo'rquv emas. Faqat muhabbat. Birlik. Birlashgan shahar.

COVID pandemiyasi vaqtida onamdan ayrilganimni va bu klub o'sha og'ir damlarda meni qanday qo'llab-quvvatlaganini eslaysizmi? Muxlislar, xodimlar, manchesterliklar - sizlar menga eng kerak paytda kuch berdingiz. Kris, farzandlarim, butun oilam - sizlar har doimgidek yonimda bo'ldingiz. Xaldun, sen ham yonimda eding.

Futbolchilar unutmaydi - har bir soniyani, har bir lahzani, meni, shtabimni, bu klubni, hammasini. Biz qilgan har bir ishni sizlar uchun qildik. Sizlar esa shunchaki beqiyos edingiz. Hali buni o'zingiz ham bilmaysiz, lekin sizlar ortingizdan meros qoldiryapsiz.

Shunday ekan, mening vaqtim yakuniga etayotganida, xursand bo'ling. Xonimlar va janoblar, ishonchingiz uchun rahmat. Meni ruhlantirganingiz, yaxshi ko'rganingiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Barchangizni yaxshi ko'raman”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.

Avvalroq “Manchester Siti” Gvardiola bilan xayrlashayotganini rasman ma'lum qilgandi. Endi “shaharliklar”ni Enco Mareska boshqarishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com