

"Bu haqda nima deyishim mumkin... "Chelsi" ajoyib inson va ajoyib murabbiydan voz kechdi. Bu "Chelsi" rahbariyatining qarori, boshqa biror nima deya olmayman.
Mening omadim kelgan. Klubim - aqlbovar qilmas. Shartnomam bor, rahbariyat meni hurmat qiladi. Bunga o'tgan mavsumda birorta sovrin yutmaganimizda yana bir karra amin bo'ldim. Oldin ham aytganman, biror kun bu yerdan ketaman. Lekin shartnomam bor ekan, barchasi uchun kurashishni istayman", - dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi 4 yanvar kuni o'tkaziladi.



