Pentek: "Gollar urishimga har doim ishonganman, biroq..."

Mirjalol Normatov
17 fev 2019
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pentek "Atalanta"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zimga ishonganman va gollar urishimni his qilganman. Biroq 5 o'yinda 6 gol kiritishimni kutmagandim.

Ilk gol? Meni doimiy tarzda qo'riqlashdi. Biroq ertami kechmi to'p menga kelishini bilgandim. Shu boisdan birdaniga harakatni boshladim va shu boisdan to'pga birinchi bordim.

Ikkala golimdan mamnunman. Shu ruhda davom etishga harakat qilaman", - dedi Pentek.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports