Pellegrini: "Xart 32 kun ichida 8ta o'yinda ishtirok etdi, unga dam olish imkonini berdim"

Narzulla Saydullayev
28 sen 2014, 13:56
Manchester Siti bosh murabbiyi Manuel Pellegrini nima uchun Xall Sitiga qarshi o'yinda ham Villi Kabalero darvozani qo'riqlaganini tushuntirib berdi.
32 yoshli darvozabon Angliya liga kubogi doirasidagi Sheffild Uensdey va APL doirasidagi Xall Sitiga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi. Bahs shaharliklarning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

Villi ketma-ket ikkita o'yin o'tkazish foydali deb hisobladim. Jo Xart 32 kun ichida 8ta o'yinda qatnashdi - bu darvozabon uchun ko'p. Unga dam olish imkonini berdim. Qo'l ostimda 23 nafar futbolchi bor, shu bois barchaga imkon beraman, - deydi Pellegrini britan matbuotiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com