Pele Ronalduni tarixdagi eng yaxshi futbolchilar ro'yxatiga qo'shmadi

Aslanov Jasurbek
26 may 2016, 15:49
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele Italiya va futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar kim ekanligini aytdi.

"Tarixdagi eng kuchli 5 futbolchi? Juda qiyin savol. Di Stefano, Kruiff, Bekkenbauer, Charlton, Maradona, hozirgilardan esa Messini ajratish mumkin. Menga ko'proq Lionel yoqadi - u ko'p qirrali futbolchi. Ammo Neymar va Ronaldu ham ajoyib o'yinchilar. Zamonaviy futbol biroz yopiqroq uslubga o'tdi, har bir jamoa taktikaga katta e'tibor beryapti va ajralib turish borgan sari qiyinlashyapti.

Agar italiyalik eng yaxshi futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsak, Maccola familiyali ikki futbolchi, Paolo Maldini, Tottilarni ajratib ko'rsatish mumkin. Franchesko hozirgacha juda kuchli. Uni italiyalik Pele deyish mumkin" - deyid braziliyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport