Pele: "Neymar tik turib o'ynashni o'rganishi va tez yiqilmasligi kerak"

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2014, 15:31
Braziliya tarkibida uch karra Jahon chempionligiga erishgan Pele, Neymar dunyodagi eng yaxshi futbolchi bo'lishi uchun kamroq yiqilishini va o'z uyida oltin medallarga ega chiqish kerakligini ta'kidlab o'tdi.
“Neymar oldidagi to'siqlarni engib o'tish uchun, u o'zgarishi kerak. Bu yigit o'z tuyg'ularini boshqarishni o'rganishi lozim.

Bundan tashqari, Neymar tik turib o'ynashni o'rganishi va tez yiqilib olmasligi kerak.
Neymarning “Barselona”ga o'tishi uning faoliyatidagi eng yaxshi hodisalardan biridir, chunki Yevropada hakamlar bunday yiqilishlarga qattiq turishadi va futbolchilar ham bir-birini ayamaydi. Neymar to'g'ri yo'lda, ammo u hali ham men kutganimdek emas”, - deydi afsonaviy futbolchi “Bild” nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com