Pedro Manchini bilan suhbatdan so'ng "Inter"ga o'tishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
10 apr 2015, 11:12
"Barselona" hujumchisi Pedro Rodriges keyingi mavsumda "Inter" sharafini himoya qiladi.

Xabarlarga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Italiya grandi bosh murabbiyi Roberto Manchini bilan suhbatlashganidan so'ng ko'k-qoralar safiga o'tishga rozi bo'ldi.

Oldinroq "Inter" Pedroni Mateo Kovachichga almashtirmoqchi edi.

Pedro joriy mavsum davomida bir necha marta o'yin amaliyoti yetishmayotganidan noligan. U Ispaniya chempionatining 27ta uchrashuvida ishtirok etgan, amm ularning faqat 12tasidagina o'yinni asosiy tarkibda boshlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com