Pedro kelajagi borasida bir qarorga keldi

4 iyun 2020, 08:18
Ispaniyalik futbolchi “Chelsi”dan ketadi.

Qayd etilishicha, “Chelsi” a'zosi Pedro Rodriges yozgi transferlar vaqtida kluni erkin agent sifatida tark etishga qaror qilgan. Uning “Roma” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bundan tashqari, Pedroga “Yuventus”, “Sevilya”, “Betis” va “Valensiya” ham da'vogar bo'lib turibdi.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 9 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo