Pedri: "To'p de Yongda bo'lsa, men xotirjamman"

Alisher
19 mar 2025, 19:44
"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Frenki de Yong haqida fikr bildirdi.

"Frenki - aqlbovar qilmaydigan o'yinchi. Unda to'p bo'lsa, men o'zimni mutlaqo xotirjam his qilaman, chunki u to'pni yo'qotmasligini bilaman," - dedi Pedri.

Joriy mavsumda 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 

"Barselona" esa 28 turdan so'ng 60 ochko jamg'argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida eng yuqori pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Barca Times