"Paxtakor"ning milliy chempionatlardagi eng yaxshi to'purarlari

Narzulla Saydullayev
13 dek 2018, 16:39
"Paxtakor" safida O'zbekiston chempionatlari tarixida eng ko'p gol urgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz.

Eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Anvar Soliev bo'lib, uning hisobida 86 gol mavjud. Solievni taqib qilishi mumkin bo'lgan yagona o'yinchi ayni paytda Igor Sergeevdir. Ushbu hujumchi hisobida "Paxtakor" uchun chempionatlarda urilgan gollar soni 68taga etdi. Ikkinchi o'rindagi Zayniddin Tojiev esa Igordan uchta ko'p to'p kiritgan. Sergeev so'nggi mavsumda Geynrix va Shkvirindan o'zib ketishga erishdi.

Kuchli o'nlikdan Aleksandr Geynrix, Igor Shkvirin, Server Jeparov, Dilmurod Nazarov, Sobir Xodiev, Mirjalol Qosimov va Shuhrat Maqsudov o'rin olgan.

Anvar Soliev  86
Zayniddin Tojiev  71
Igor Sergeev  68
Aleksandr Geynrix  66
Igor Shkvirin  66
Server Jeparov  64
Dilmurod Nazarov  56
Sobir Xodiev  54
Mirjalol Qosimov  52
Shuhrat Maqsudov  51


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz