

3 yanvar kuni Belekka yetib borgan "sherlar" Shota Arveladze boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo'l ostida mashg'ulotlarga kirishishdi. Ayni kunlarda jismoniy holatni yaxshilashga mo'ljallangan mashqlar bajarilmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yig'in davomida 4ta nazorat bellashuvi o'tkaziladi. "Paxtakor" 7, 11, 15 va 20 yanvar kunlari nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.



