

Shu munosabat bilan jamoalar tarkibidagi qimmatbaho futbolchilarga to'xtalishga qaror qildik. "Sherlar"ning transfer bahosi eng yuqori bo'lgan vakili Hojiakbar Alijonov hisoblanadi. "Transfermarkt" portali tez orada 24 yoshga to'ladigan futbolchini 900 ming evroga baholamoqda.
Himoyachi Mehdi Tikdarinajod va hujumchi Peyman Babayi "Traktor"ning eng qimmat vakillari hisoblanishadi. Ularning transfer bahosi 650 ming evroga teng.
Kecha saytimizda tabrizliklar haqidagi maqola e'lon qilinganidan keyin Eron terma jamoasidagi o'yinlar bilan muxlislarimizga tanilgan Masud Shojai (36 yosh) va Ashkan Dejaga (34 yosh) borasida savollar paydo bo'ldi. Shu tufayli ularning transfer narxi haqida ham ma'lumot berishga qaror qildik. "Transfermarkt" portali har 2 futbolchini bir xil - 200 ming evroga baholamoqda.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" futbolchilari orasidan faqatgina Humoyunmirzo Iminovning (100 ming evro) transfer bahosi Dejaga va Shojainikiga nisbatan past hisoblanadi.
"Paxtakor" ertaga "Traktor" bilan o'ynaydi. Eron klubi qanday holatda?



