"Paxtakor" va "Bunyodkor" xotira turniri finalida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 may 2018, 23:02
Shu kunlarda "Paxtakor" jamoasi sobiq futbolchilari xotirasiga bag'ishlangan musobaqa o'tkazilmoqda.

2003 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar o'rtasida Boris Petuxov, Ravshan Yunusov, Zafar Rasulov va Viktor Varyuxin xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan 1-Respublika turnirida 12 jamoa g'oliblik uchun kurashga kirishgandi. Bugun finalchilar nomi ma'lum bo'ldi. O'z guruhlarida peshqadam bo'lgan 4 jamoa yarim finalda maydonga tushishdi. "Paxtakor" va "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilari hal qiluvchi bellashuvda 4 may kuni "Chilonzor" stadionida soat 10:30da to'qnash kelishadi.

Yarim final
"Paxtakor" - "Buxoro" - 7:0
BO'SM-16 - "Bunyodkor" - 0:3


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz