"Paxtakor" uch futbolchisini "Metallurg"ga ijaraga berdi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2018, 12:10
Yangi mavsum arafasida "Metallurg" klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Metallurg" "Paxtakor"ning uch nafar futbolchisini ijaraga olgan. Zabihillo O'rinboev, Suhrob Nurulloev va Akbar Ismatullaev Bekobod klubida ijara asosida o'ynashadi. 

Bugun ushbu futbolchilar "Qizilqum" bilan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishlari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia