"Paxtakor" U-21 safida eng faxriy futbolchi 19 yosh

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2020, 18:18
Bugun U-21 Birinchiligi doirasida "Paxtakor" klubi "Qizilqum" mehmoni bo'lmoqda.

Ushbu bahsga "Paxtakor" ustozi Stanislav Kudryashov juda yosh tarkibni maydonga tushirgani e'tiborimizni tortdi. Qaydnomaga e'tibor qaratsak asosiy tarkibda ham, zaxirada ham eng yoshi katta futbolchilar 2001 yilda tug'ilganini ko'rish mumkin. Qaydnomada uch nafar 2003 yilda tug'ilgan o'yinchilar ham bor.

Bu yilgi U-21 Birinchiligida jamoalar uchrashuv protokoliga ikki nafar “katta” futbolchini kiritish va maydonga chiqarish huquqiga ega. U-21’da o'yin qaydnomasiga O'zbekiston fuqarosi hisoblangan, 2001 yil va undan keyin tug'ilgan kamida ikki nafar o'yinchini kiritishi va ulardan birini minimum 45 daqiqa o'ynatishi shart.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia