"Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvini Kristofer Bit boshqaradi

Narzulla Saydullayev
3 may 2019, 16:41
6 may kuni "Paxtakor" Chempionlar Ligasi 5-turida Toshkentda "Persepolis"ni qabul qiladi.

Uchrashuv "Paxtakor" stadionida 18:00da boshlanadi. Bellashuvni Avstraliyadan hakamlar guruhi boshqarib boradi. Kristofer Bit bosh hakam vazifasini bajaradi. U 2016 yil guruh bosqichida Toshkentda "Paxtakor" - "Al Hilol" o'yinini boshqargan. O'shanda 2:2 natijasi qayd etilgan. Unga hamyurtlari Anton Shetinin va Eshli Bisham yordam beradi.

O'yin rasmiylari bilan tanishing.

Hakamlar:
Kristofer Bit, Anton Shetinin, Eshli Bisham (Avstraliya), Mohd Amirul Izvan (Malayziya).

Nazoratchi: Ishiyama Noboru (Yaponiya).

Komissar: Munemi Fahuri (Iordaniya).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz