

Sovrin uchun kechadigan bahsda "Paxtakor" hamda "Buxoro" maydonda kurash olib borishadi.
Ushbu muhim uchrashuvdan avval "sherlar" 2019 yilda qo'lga kiritgan O'zbekiston Kubogi sovrini bilan vodiyda turne uyushtirdi. Toshkent jamoasi homiylar - “AKFA”, “Artel” va “Coca Cola” bilan birga bolalarga esdalik sovg'alari tarqatdi. Turne Namanganning Chust va Farg'onaning Qo'qon va Farg'ona shaharlari bo'ylab o'tkazildi.






