

"Sherlar" arenaning drenaj, sug'orish tizimi, chimi, shuningdek projektorlar va muxlislar joy oladigan sektorlarini ta'mirdan chiqarganidan so'ng PFL uni qaytadan qabul qilishni boshlaydi.
Bu ishlar amalga oshguncha "Paxtakor" uy uchrashuvlarini "Jar"da o'tkazib turadi. Bu haqda PFL ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent klubining uy arenasi 2024 yilning avgustida yopilgan edi. "Sherlar" o'sha kundan beri uy uchrashuvlarini "Jar"da qabul qildi.



