“Paxtakor” o'z maydonida ettinchi bor Eron klubini taslim qildi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2015, 16:40
Kecha OCHL 1-turida “Paxtakor” klubi Toshkentda Eronning “Naft Tehron” klubini qabul qildi.
“Sherlar” bunga qadar o'z maydonlarida fors klublari bilan olti marta o'ynab olti marta g'alabaga erishgandi.

Shu tariqa, “Paxtakor” Toshkentda 7-bor Eron klubini qabul qilib 7-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Quyida jamoaning o'z maydonida Eron klublari bilan o'tkazgan barcha o'yinlari keltirilgan:

“Paxtakor” – “Persepolis” 1:0
“Paxtakor” – “Zob Oxan” 2:0
“Paxtakor” – “Fulad” 2:0
“Paxtakor” – “Saba Bateri” 2:1
“Paxtakor” – “Sepaxon” 2:1
“Paxtakor” – “Istiqlol” 2:1
“Paxtakor” – “Naft Tehron” 2:1

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia