"Paxtakor": "Omadli muxlis" yutuqli o'yini g'oliblari aniqlandi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2017, 14:23
"Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuviga tashrif buyurgan 5 nafar omadli ishqiboz sovg'alarga ega bo'lishdi.

"Paxtakor" futbol klubi tashkil etgan "Omadli muxlis" yutuqli o'yini g'oliblari bellashuvning tanaffus paytida aniqlandi. Mavsumiy abonement va o'yinga chipta xarid qilganlar unda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishdi.


Yutuq sifatida sport kiyimlari, futbol to'plari va "Damas" avtomobili qo'yilgandi. Ijtimoiy akciyamizda g'olib chiqqan muxlislar bilan tanishing:

Dilshod Yunusov - futbol to'pi

Aziz Muhammadraupov - futbol to'pi

Javlon Jo'raev - sport kiyimi

Abdulhamid Abduraimov - sport kiyimi

Umid Mashg'ulov - "Damas" avtomobili.


Asosiy yutuq Toshkent viloyati Zangiota tumanidan o'yinga kelgan Umid Mashg'ulovga nasib etdi. G'oliblarni yutuqlari bilan tabriklagan holda navbatdagi uy o'yinlarimizga ishqibozlarni chorlab qolamiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz