"Paxtakor" "Nicca"da o'ynagan portugaliyalik hujumchiga qiziqmoqda

24 yanv 2018, 17:30
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida yevropadan futbolchi izlamoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, "Paxtakor" Shotlandiya chempionatining 5-pog'onasida borayotgan "Xarts" klubi hujumchisi Ismoil Gonsalveshga qiziqib qolgan.
Ismoil Gonsalvesh Fransiyaning "Nicca" jamoasida professional faoliyatini boshlagan.

26 yoshli hujumchi faoliyati davomida Portugaliyaning "Rio Ave", Kiprning APOEL, Gretsiyaning "Anortosis" hamda Fransiyaning "Nicca" jamoalarida to'p tepgan.

Ismoil Gonsalvesh faoliyati davomida 52 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.

Ushbu xabar borasida "Paxtakor" klubi matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, ular xabarni izohsiz qoldirishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia