"Paxtakor" - "Metallurg" o'yinida avtomobil yutib oling!

Aslanov Jasurbek
6 apr 2017, 15:09
"Paxtakor" oliy liganing 5 turida 7 aprel, juma kuni Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bahs o'tkazadi.

Bellashuv "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi. Mazkur uchrashuvda "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarni ajoyib sovg'alar kutmoqda. Mavsumiy abonement va chipta sotib olgan har bir ishqiboz "Omadli muxlis" sovrinli akciyasida ishtirok etib, asosiy sovg'a sifatida "Damas" avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, stadionga kelgan muxlislar barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin va bu borada zarur ishlar amalga oshiriladi.

 Chiptalar 10 va 20 ming so'mdan stadion kassalarida 2 aprel kunidan sotuvga chiqadi va chiptalarni markaziy stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin bo'ladi. Mavsumiy abonementlar esa 180 ming so'mdan sotilmoqda. Batafsil ma'lumot uchun +998712413723 raqamiga bog'lanishingiz mumkin.

 Uchrashuvga tashrif buyuring va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz