"Paxtakor": "Metallurg" bilan o'yinga tayyorgarlik davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
6 sen 2016, 12:42
Jamoamiz oliy liganing 21-turiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Paxtakor" 9 sentyabr, juma kuni Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi. Mazkur o'yinga tayyorgarlik mashg'ulotlari Qibraydagi bazada olib borilmoqda. Asosiy tarkibni Ilhom Mo'minjonov shug'ullantirib turibdi. Terma jamoaga jalb etilgan a'zolarimiz 7 sentyabr kuni mashg'ulotlarga qo'shilishadi.

PFL uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhini e'lon qildi. Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar Bekoboddagi o'yinda ishlashadi.

"METALLURG" - "PAXTAKOR"
Hakamlar:
Sherzod Qosimov (Toshkent), Farruh Yormuhammedov (Toshkent), Bahodir Bahromov (Toshkent), Naim Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
PFL vakili: Valeriy Lyotkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz