"Paxtakor": Mashg'ulotlar qizg'in davom etmoqda

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 14:56
Jamoamiz ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kecha "Jar" stadionida o'tgan mashg'ulotlarda yarim himoyachi Jamshid Iskanderov umumiy guruhga qaytdi. Bungacha u Laslo Yambor bilan alohida shug'ullanib kelgandi. Nazorat uchrashuvida engil lat egan Gidi Kanyuk jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bilan shug'ullandi. "Paxtakor" bugun "NBU Osiyo"ga qarshi "Paxtakor" stadionida nazorat bellashuvida maydonga tushadi. O'yin 19:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz