"Paxtakor" legionerlari: kimlar qoldi, kimlar ketdi?

Sherzod Nurmatov
12 dek 2025
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev "sherlar" legionerlari haqida aniq ma'lumot taqdim qildi.

"Darvozabon Jonatan Luiz va hujumchi Brayan Riaskosning shartnomasi yakunlandi. Klub ular bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi. 

Bashar Resan bilan "1+1" ko'rinishida shartnoma tuzilgan edi va tomonlar kelishgan holda +1 bandini faollashtirdi. Iroqlik futbolchi 2026 yilda ham "Paxtakor"da o'ynaydi. 

Flamarion va Zaid Tahsinning klub bilan 2026 yil oxirigacha shartnomasi bor va ular ham klubda qoladi", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia