"Paxtakor": Ertaga "Yagelloniya" bilan o'yin

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2014
Ertaga, 1 fevral kuni "Paxtakor" Turkiyadagi yig'in doirasida ikkinchi nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Bu safar futbolchilarimiz Polsha oliy divizioni ishtirokchisi "Yagelloniya" klubiga qarshi bahs yuritadi. Bialistok shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa 1920 yil tashkil etilgan. 2010 yil Polsha Kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan. Bosh murabbiyi Pyotr Shtokovek.

"Paxtakor" va "Yagelloniya" jamoalari o'rtasidagi bellashuv 1 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi. Bungacha jamoamiz Rossiyaning "Nefteximik" klubiga qarshi o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz