

2024 yil 1 martdan 2025 yil 28 fevralgacha bo'lgan davr uchun yangilangan reytingda "Paxtakor" 57 ochko bilan Italiya, Ispaniya, Shotlandiya, Italiya, Estoniya, Tunis, Tanzaniya va Turkmaniston jamoalari qatorida 468-o'rinni egalladi.

Reyting yetakchisi Ispaniyaning "Real" klubi (507 ochko) bo'lib, keyingi o'rinlarda Germaniyaning "Bayer" (404), Italiyaning "Atalanta" (386), Angliyaning "Liverpul" (377) va Ispaniyaning "Barselona" (356) jamoalari joy olgan.
To'liq reytingni ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.



